Обращение

"OʻzAutoAustem" MCHJ  bosh direktorining

MUROJAATI

 

Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!

Dunyoda jinoyatlar turlicha boʻlib, eng xafli transmilliy jinoyatlardan biri bu Korrupsiyadir. Korrupsiya muammosi  mamlakatlar hukumati va dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

Oʻzbekiston ham ushbu muammodan xoli emas. Jamiyatni bir aʼzosi sifatida korxonamiz ishchi xodimlari ham befaraq boʻlmasliklari, qarshi kurashda mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan korrupsion omillarga barham berishga qaratilgan keng koʻlamli huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga faolroq javob qaytarishimiz lozim.

Hozirda korxonamizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” kabi 15 dan ortiq korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki meʼyoriy hujjatlar va tartib-qoidalar qabul qilindi.

Shuningdek, korxonada ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan komplayens ichki nazorat tizimi joriy etildi, barcha ichki lokal hujjatlarimizda xavfni minimallashtirishga qaratilgan normalar kiritilib, amal qilinmoqda.

Biznes munosabatlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishda preventiv choralarni kuchaytirish va mazkur yoʻnalishdagi bilimlarni oshirish maqsadida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jamoamiz, Oʻzbekiston xalqi va hamkorlarimiz oldidagi korxonamizga yuklangan masʼuliyatni anglagan holda korrupsiyaning har qanday koʻrinishi va holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha barcha saʼy harakatlar amalga oshirilmoqda.

«OʻzAutoAustem» MCHJ oʻz navbatida, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni vijdonan bajarilishi va qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini kafolatlaydi.

Shunday ekan, barchamiz korrupsion holatlarni oldini olish
va unga chek qoʻyish uchun masʼul ekanligimizni anglashimiz zarur.

Barchani, ayniqsa hamkasb va hamkorlarimizni ish yuritishda xalqaro standartlarga hamda korrupsiyaga qarshi tamoyillarga rioya qilishga va shubha tugʻilgan taqdirda, ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida bizga xabar berishga yana bir bor chorlab qolamiz.

Hurmat bilan,

Korxona bosh direktori                            _________________