Komplayens bo‘limi
(Muvofiqlik nazorati bo‘limi)
O‘zAuto-Austem MCHJ QKda Komplayens bo‘limi kompaniya faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro standartlarga hamda korporativ etik qoidalarga muvofiqligini ta’minlaydi.
Bo‘limning asosiy maqsadi — shaffoflikni oshirish, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, biznes jarayonlarda halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.
Asosiy yo‘nalishlar:
-
Qonunchilik va ichki me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish
-
Korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish
-
Ichki tekshiruv va monitoring jarayonlari
-
Xodimlar uchun etik me’yorlar va xulq-atvor kodeksini joriy etish
-
Xatarlarni aniqlash va ularni kamaytirish choralarini ishlab chiqish
Komplayens bo‘limi kompaniyaning barqaror rivojlanishi va ishonchli biznes muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.