Tarixiy sanalar

"O‘zAuto-Austem" MChJ QK jamoasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan bir qator na’munali xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu tashabbus – mehnatkash jamoamizning fidoyiligini qadrlash, ularning korxonamiz taraqqiyotidagi hissasini e’tirof etish hamda kelgusidagi faoliyatlariga yangi kuch va ilhom bag‘ishlash maqsadida amalga oshirildi.

“O‘zAuto-Austem” MCHJ QK jamoasi barchani Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etamiz!